Toshkentda Turk dunyosi hujjatli filmlari festivalini o‘tkaziladi

Toshkentda Turk dunyosi hujjatli filmlari festivalini o‘tkaziladi

Joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Toshkentda Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi tomonidan Turk dunyosi madaniyati, san’ati va kino jamg‘armasi bilan hamkorlikda hujjatli filmlar namoyishi o‘tkaziladi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar bermoqda. 

Festival butun turk dunyosi kinoijodkorlarini uchrashuvlar o‘tkazish, fikr va g‘oyalar almashish uchun birlashtiradi. Ishtirokchi mamlakatlar ro‘yxatida Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Muxtor turk Respublikalari, Makedoniya, Kosovo, Vengriya va turk hamda unga yaqin (qardosh) jamoalar o‘rin olgan.

O‘zbekistondan "O‘zbekkino" milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov festival Kengashining faxriy a’zosi, kinorejissyor Rashid Malikov esa hay’at a’zosi hisoblanadi.

Festivalning maqsadi hujjatli filmlar kino ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash hamda hujjatli filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga hissa qo‘shishdan iborat.