Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali ochiladi
21.02.2020 15:43,  
827

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti o‘rtasida mazkur oliy o‘quv yurtining Toshkentdagi fililini ochish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Anqara shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkiya birinchi strategik hamkorlik yig‘ilishi natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.

Ta’kidlash joiz, Turkiya mamlakatimizning yetakchi savdo sheriklaridan biri sanaladi. Keyingi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti tufayli O‘zbekistonda turk biznesi vakillari faoliyati sezilarli darajada kengaydi. Jumladan, 2019 yilda o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 2 yarim milliard dollardan oshdi. 

Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ham qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Palatalari va birjalari ittifoqi huzuridagi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Yurtimizda mazkur oliy o‘quv yurti filialini ochish tashabbusi 2019 yil oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlar kengashi doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda ilgari surilgan va kelishilgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, poytaxtimizda faoliyat boshlashi ko‘zda tutilgan universitet filiali dual ta’lim tizimi asosida biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан