Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Turkiya universitetining filiali ochildi
18.06.2020 15:11,  
179

“Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (389-son, 17.06.2020 y) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.

Filialning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va filialda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан