Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Turkiyaning mustaqillik kuni nishonlandi (video)
29.10.2019 19:54,  
183

Bugun Toshkentda joylashgan "Nyatt Regency" mehmonxonasida Turkiya Respublikasi tashkil topganining 96 yilligiga bag‘ishlangan tantanali kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda yuqori martabali amaldorlar ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlab, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Ma’lumot uchun Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan va Toshkentda birinchi bo‘lib o‘z elchixonasini ochgan. Hozirga qadar o‘zaro aloqalarning huquqiy asosini yaratish va yana ham mustahkamlash maqsadida 100 dan ziyod ikki tomonlama bitim, shartnoma va hujjatlar imzolangan, oliy darajada ko‘p marotaba o‘zaro tashriflar amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан