Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda uchta shifoxona kovid-bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi
3.12.2020 18:06,  
338

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, yana uchta shifoxona: Toshkent  shahar tez  tibbiy yordam  klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

«Ushbu shifoxonalar joriy  yilning 2 dekabridan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi, kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.

Bemorlar chiqarilgandan so‘ng  muassasi o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservatsiya qilinadi.  Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zahira sifatida saqladi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан