Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda uy devorlarida giyohvandlik vositalarni reklama qilganlar ushlandi
28.08.2021 10:02,  
125

24 avgust kuni IIVning @stopnarko_bot Telegram-kanaliga anonim foydalanuvchidan 2 nafar noma’lum shaxs poytaxtda giyohvandlik vositalarini reklama ko‘rinishidagi graffitlarni ko‘p qavatli uylarning devorlariga yozish bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida foto va videotasvirlar kelib tushdi.

Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida:

— Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-4 mavzesidagi 6, 7, 8, 9, 10-ko‘p qavatli uylarning devorlarida 25 ta;

— Yashnobod tumani “Aviasozlar” (eski “Kadisheva”) dehqon bozoriga kirish joyi yonidagi ko‘p qavatli uylarning devorlarida 15 ta;

— Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi “Qo‘yliq” qurilish mollari bozori ro‘parasidagi 9 qavatli uylarning devorlarida 22 ta, jami 62 ta bir xil turdagi giyohvandlik moddalarini sotuvchi internet do‘konlarini targ‘ib qiluvchi graffitilar yozib ketilganligi aniqlandi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 26 avgust kuni Yashnobod tumani Lisunova-1 mavzesida yashovchi, 20 yoshli Anastasiya Mironova, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, 25 yoshli Vladislav Savenkov hamda ularning jinoiy sherigi Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, Chilonzor tumanida joylashgan spirtli ichimliklar do‘koni sotuvchisi, 28 yoshli Dmitriy Salyukov qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur jinoiy guruhning qolgan a’zolarini hamda ularni moliyalashtirganlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

“Agar siz yoki yaqinlaringiz mazkur shaxslarning harakatlaridan jabrlangan yoki ularning jinoiy faoliyati haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol ichki ishlar organlariga xabar berishingizni yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан