Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda uy hovlisidagi quduqdan erkak kishining jasadi topildi
13.04.2019 15:00,  
6

2019 yil 11 aprel kuni soat 13.15 da Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumani, S.Mashhadiy 1-berk ko‘chasi, 12-uy hovlisidagi quduq ichidan fuqaro A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu xonadon aslida fuqaro A.I.ga tegishli bo‘lib, u yerda hech kim yashamasligi, taxminan 2018 yilning yanvar oyidan ushbu xonadonda tadbirkorlik maqsadida baliq ko‘paytirilishi, bu yerda marhum A.X. va voyaga yetmagan fuqaro K.Sh. norasmiy ravishda ishlab kelganligi ma’lum bo‘ldi.

10 aprel kuni hovlida hech kim bo‘lmagan paytda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida K.Sh.  bolg‘a bilan A.X.ning bosh qismiga bir necha marotaba urib, o‘ldirganligi, so‘ng jinoyat izlarini yashirish uchun murdani hovlidagi quduq ichiga tashlab yuborib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.X.ning o‘limi bir sutka avval olingan og‘ir tan jarohatlari natijasida yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan 11 aprel kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi JPKning 345-moddasiga asosan tergov harakatlarini davom ettirishlik uchun Toshkent shahar IIBB HTBga yuborilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. K.Sh. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан