Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda vafot etgan bolaning suratini tarmoqlarga joylab, xayriya uchun pul yiqqan qiz ushlandi
8.05.2021 23:29,  
1221

Toshkent shahrida sohta xayriya tashkil etgan qiz ushlandi. Bu haqda yuz.uz nashri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olmazor tumanida yashovchi 26 yoshli qiz uch nafar bolalarning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, ularni davolatish uchun 10 ming dollardan 20 ming dollargacha pul kerakligini yozib qoldirgan. Keyinchalik aniq bo‘lishicha, suratdagi bolalarning biri 2021 yil 8 fevral kuni Ukrainada bosh miya o‘simtasi kasalligi bilan vafot etgan bo‘lgan. Yana ikki nafarining esa shaxsiga aniqlik kiritilmagan. Ular internetdan ko‘chirib olingan.

Aniqlanishicha, ularga rahmi kelgan fuqarolar 5 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha plastik kartaga pul o‘tkazib bergan. Qiz ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (takroran sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан