Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda vaksina tashiydigan maxsus mashinalar karvoni YTHga uchradi
23.02.2021 14:14,  
353

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda vaksina tashiydigan maxsus transport mashinalari YTHga uchragani aks etgan videolar tarqaldi.

 Ushbu halokatga uchragan vaksinatsiya tashiydigan  maxsus avtomobillar Sog‘liqni saqlash vazirligiga bugun topshirilgan edi.

IIV YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 fevral kuni soat 11:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan "Changan" rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobillar ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан