Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana 2 nafar bemor ayollar koronavirusdan vafot etdi
3.08.2020 15:56,  
324

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 69 yoshli bemor N.Ye. (ayol)da joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shuningdek, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 49 yoshli bemor D.S. (ayol)da ham joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Har ikki bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан