Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana muz saroyi qurilishi mumkin
10.03.2020 00:10,  
363

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, poytaxtimizning Shayxontohur tumani Beruniy shoh ko‘chasida 2020 yil 1 sentyabrga qadar qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi tashkil qilinadi. Shuningdek, unga tutash hududda 2021 yilning 1 iyuligacha zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalari ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Muhokama 18 martga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан