Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi
3.12.2020 12:13,  
336

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda «IIO xodimi qoidani buzdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB YHXBga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27  «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan surat tarqaldi.

Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilib, Cobalt xizmat avtomobili biriktirilgan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan BHMning 3 barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarmiga tortilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан