Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan tugadi
2.02.2021 12:59,  
320

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani IIO FMB binosi tasvirga tushirilgan video tarqaldi. Videoda fuqaro mazkur IIO FMB xodimlari bir fuqaroni va uning avtomashinasini ushlashganini, lekin ushlash sabablari noma’lum ekanini bildirgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 29 yanvar kuni taxminan soat 15:50larda Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 23 yoshli Amriddin N. tan jarohatlari bilan kasalxonaga keltirilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Suhbat jarayonida Amriddin N. shu kuni taxminan soat 02:30larda Uchtepa tumanidagi Farhod ko‘chasida o‘z boshqaruvidagi “Neksiya-2” avtomobilida ketayotganida “Neksiya-1” avtomobili haydovchisi bilan yo‘l talashish oqibatida o‘zaro nizo kelib chiqqanini, janjal natijasida “Neksiya-1” haydovchisi, 26 yoshli Oybek K. o‘z avtomobili salonidan pichoq olib, Amriddin N.ga tan jarohati yetkazganini va hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qilgan.

Tezkor tadbir natijasida Oybek K. ushlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (“bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uning boshqaruvidagi “Neksiya-1” avtomobili ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Uchtepa tumani IIO FMB binosiga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан