Toshkentda yo‘ldan chiqib ketgan «Isuzu» ustunga borib urildi

Toshkentda yo‘ldan chiqib ketgan «Isuzu» ustunga borib urildi

Foto: IIBB.uz

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 21 aprel kuni yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Tonggi soat 07:15da Ahmad Donish ko‘chasida harakatlanayotgan «Isuzu» haydovchisi, 37 yoshli E.I. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi, ikki nafar yo‘lovchilar 38 yoshli D.I. va 24 yoshli M.A.lar tan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qildilar.

Hozirda IIBB hodisa sabablarini o‘rganmoqda.