Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda YPX xodimini mashina sudrab ketdi
4.01.2021 21:46,  
276

Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda haydovchi YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi",-deb yozmoqda Xabar.uz
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 4 yanvar kuni soat 10:15larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahrisabz va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari kesishgan chorrahada, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Y.Qosimxodjayev «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l belgisiga amal qilmasdan ortga qayrilib olgan vaqtida to‘xtash ishorasini bergan.
Haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. Mirobod tumani, A.Temur va S.Azimov ko‘chalari kesishgan chorrahada qoidabuzar haydovchi uni to‘xtatishga uringan YPX xodimining ustiga avtomobilini boshqargan va xodim avtomobil kapoti ustida osilib qolgan holatda 10-20 metr masofaga harakatlangan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan.
Haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135 va 194-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан