Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal yuz berdi
4.01.2021 09:24,  
505

Ijtimoiy tarmoqda “Bir necha fuqarolar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 31 dekabr kunidan 2021 yilning 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 04:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan. 

Avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan. 

Fuqarolardan bir nafari ushlanib tuman IIBga olib kelingan. Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yashiringan.

Hozirda barcha fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан