Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yuqori qavatdan sakrab, joniga qasd qilishga uringan fuqaroning hayoti saqlab qolindi (video)
13.05.2019 13:21,  
8

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan xabar berilishicha, 11 may kuni taxminan soat 10.30 da 102 raqamiga Chilonzor tumani 20-kvartalida yashovchi erkak kishi qo‘ng‘iroq qilib, to‘qqiz qavatli uyning beshinchi qavatidan sakrab o‘zining joniga qasd qilmoqchiligini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyat boshqarmasi, Toshkent shahar klinik psixiatriya shifoxonasi “tez yordam” brigadasi, yong‘in xavfsizligi xodimlari va tuman hokimi hamda prokurori yetib borishgan.

"Ellik yoshli erkak balkon to‘siqidan oshib o‘tib, qarori jiddiy ekanligi haqida qichqirar edi. Bu fikrdan qaytishga ko‘ndirish uchun bir soatdan ortiq ketganligiga qaramasdan, erkak hech kimga quloq solmas edi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan erkak kishining yoniga yo‘naltirilgan IIBB alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari o‘z malakalarini qo‘llagan holda erkak kishini qutqarib qolishdi. Hozirgi vaqtda psixiatr A.T. bilan ish olib bormoqda", – deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан