Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi 100 ga yaqin poliklinikalarda elektron tibbiy karta joriy etiladi
11.03.2020 14:53,  
184

Kecha, 10 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sohalarda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz joriy yilda bolalar bog‘chasi, masofaviy ta’lim, shahar jamoat transportlari uchun yagona elektron chipta, qurilishni nazorat qilish, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: president.uz

Masalan, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, shifokorlarning qog‘oz to‘ldirishga ketadigan vaqti ancha qisqarib, aholi bilan ishlashi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.

Shu maqsadda Toshkent shahridagi 15 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11 ta ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.

Dasturiy mahsulotlar uzluksiz va samarali ishlashi uchun infratuzilma zarurligi qayd etilar ekan, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Aholi, ayniqsa yoshlar orasida raqamli ko‘nikmalarni takomillashtirish, “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 600 dan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Ammo ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar hali ham yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан