Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi “Ashxobod” va “G‘alaba” bog‘larida davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab festival o‘tkaziladi
17.11.2020 22:38,  
40

Festival soat 10:00da poytaxtdagi “Ashxobod” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar, mototsikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad bilan boshlanadi. Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi yonida jam bo‘ladilar.

Soat 11:00da Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.  

Shuningdek, “G‘alaba” bog‘i majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etiladi. Tantanali tadbirda “Vatanga qasamyod” marosimi namoyishi, “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligining Faxriy qorovuli chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан