Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi ba’zi yo‘llar vaqtincha yopilmoqda
19.03.2022 18:24,  
78

Bugun, 19 mart kuni soat 21:00 dan 20 mart kuni soat 06:00 ga qadar Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining ayrim qismlari yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli:

•  Alisher Navoiy shoh ko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi chorrahasigacha;

•  Labzak ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud vaqtincha yopiladi.

“Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан