Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi bekatlarga elektron tablolar o‘rnatish boshlandi
17.06.2019 11:45,  
22

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning markaziy avtobus bekatlarida yangi LED rusumli tablolar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

“Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolarning har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlashi, ularda uzatilayotgan ma’lumotlarning aniqligi barcha yo‘lovchilarimiz uchun birdek manzur bo‘lishi shubhasiz”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, Android va IOS tizimi uchun mo‘ljallangan hamda qayta ishlangan va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan TashBus mobil ilovasi faoliyat boshlamoqda.

Xabarda ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushirilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tablolarni o‘rnatish 2016 yilning oxirlarida yo‘lga qo‘yilgan edi. Ularda avtobusning yetib kelish vaqti, bekatdan o‘tib ketadigan avtobuslar ro‘yxati, valyutalar kursi, ob-havo ma’lumotlari berib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан