Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi bezorilar to‘qnashuviga izoh berildi
8.11.2021 08:51,  
947

Internet tarmog‘ida «Shahar bedarvozami. Kim bo‘ldi bular bemalol o‘zgalarni joniga tahdid qilishmoqda» deb nomlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot taqdim qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqaro o‘rtasida janjal yuz bergan. Xususan 30 yoshli J.I. va uning tanishlari 30 yoshli M.X., 39 yoshli J.A., 24 yoshli U.R., 37 yoshli X.A., 27 yoshli X.S., 30 yoshli U.D. o‘zaro janjallashgan. Natijada gumonlanuvchilardan biri 30 yoshli J.I. qochmoqchi bo‘lgan «Chevrolet Equinox» rusumli (davlat raqami 01 U 245 MB) avtomobilga zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан