Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi
2.11.2019 20:25,  
465

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari va “xavotir tugmasi” o‘rnatilishi haqida xabar qildi.

Shuningdek, IIBB ushbu hududga ikkita profilaktika inspektorlari yordamchilarini biriktirib qo‘ydi.

“Telegram-kanallarning birida quyidagi xabar e’lon qilindi: “Toshkent Botanika bog‘i – g‘aroyib joy. Ilmiy muassasa bo‘lishiga qaramasdan, odamlarning ko‘pligidan jamoat joyiga o‘xshaydi. Chiqindilar, bosib tashlangan so‘qmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar ishga xalal bermaydimi?”

Ushbu holatda kamchiliklar borligini tasdiqlab, quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Bir hafta oldin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan poytaxtda joylashgan Botanika bog‘ida kamchiliklar borligiga e’tibor qaratilgan edi.

Ushbu hududga ko‘plab odamlar kelishi, holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari nazorat qilishi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maishiy chiqindilar ko‘payib ketgani e’tiborga olindi.

Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyatiga holatni nazorat qilish va Botanika bog‘i hamda Yunusobod tumani hokimiyati jamoasi bilan hamkorlikda yuqoridagi muammolarni hal qilish vazifasi topshirildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, yaqin orada ikkita 360 gradus kuzatuv uchun imkon beradigan kameralar va “xavotir tugmasi” o‘rnatiladi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun biror bir holat bo‘yicha tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali bog‘lanish va muammo haqida xabar berish mumkin.

Botanika bog‘i rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishib, ushbu yo‘nalishda ishlar olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан