Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi «Ganga» ko‘prigida to‘qnashgan 7 ta avtomobil bo‘yicha izoh berildi
3.06.2020 17:54,  
724

Avvalroq, Shayxontohur tumani «Ganga» avtomobil ko‘prigida bir nechta mashinalar to‘qnashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqidagi Internet tarmog‘ida tarqalgan xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi quyidagilar ma’lum qildi.

"2 iyun kuni soat 19:00 da Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi «Ganga» avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagani sababli yetti nafar birin-ketin harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashdi, ya’ni:

  • 1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  • 2) 28 yoshli Azizjon M. Boshqargan Spark avtomobili;
  • 3) 24 yoshli Shohruh boshqaruvidagi Nexia avtomobili;
  • 4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  • 5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  • 6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqargan Toyota avtomobili;
  • 7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqargan Malibu avtomobili;

YTH natijasida hech kim jabr ko‘rmadi. Yo‘l-transport hodisasining barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi"- deyiladi IIBB axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан