Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi harbiy shaharcha auksionda sotildi
13.12.2021 13:37,  
332

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 60-son harbiy shaharcha 13 dekabr kuni auksionda sotildi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot E-auksion portaliga joylashtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, onlayn auksionga qo‘yilgan davlat mulki uchun 3 nafar ishtirokchi o‘rtasida bahs borgan.

Boshlang‘ich narxi 204 milliard 923 million 530 ming 152 so‘m bo‘lgan davlat mulki 1 soat 23 daqiqa davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib, 266 milliard 400 million 589 ming 197 so‘mga sotilgan.

Savdoda «Doʻmbrobod city group» MChJ g‘olib, «Build power» MChJ rezerv g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, yer uchastkasining umumiy maydoni 27,86 gektarni tashkil etadi. Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni 29 851 kvadrat/metr.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан