Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi IIB va prokuratura tergov bo‘linmalari xalqaro standartlarga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etiladi
10.08.2020 17:27,  
148

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan Farmon qabul qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasining faoliyati xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etiladi.

Ushlangan shaxsga protsessual huquqlarini tushuntirmasdan turib, undan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish taqiqlanadi

Ushbu tergov bo‘linmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya qilish uskunalari bilan ta’minlanadi.

Tergov xonalari zamonaviy tarzda, xalqaro standartlarga moslashtirilib, shaxslarning himoyachi bilan xoli uchrashishi uchun mo‘ljallagan holda tashkil etiladi.

O‘zbekiston sud-tergov tizimiga aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv instituti kiritilmoqda

Shu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан