Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi kichik ko‘chalardan biri 14 kun davomida yopiladi
2.07.2020 17:23,  
467

2020-2021 yillar Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida 3 iyuldan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘chadan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanmoqda.

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, mazkur magistral issiqlik tarmog‘ining kapital ta’mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 17 da avariya holatlari qayd etilgan.

Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.

Ish jarayonida Ahmad Donish ko‘chasining Anorzor ko‘chasiga burilish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘cha to‘liq yopiladi va ushbu yo‘nalishdagi avtotransport qatnovi asosiy yo‘ldan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etilmoqda.

Shuningdek, "Toshissiqquvvati” DUK yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar va noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан