Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi "kvartira"da vafot etgan besh talabaning o‘limi sababi ma’lum qilindi
29.03.2021 20:02,  
2528

Avvalroq, Yunusobodda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topilgani haqida xabar bergan edik.  

Unda Toshkentning Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi xonadonda 27-fevral kuni soat taxminan 20:50 atrofida shu yerda ijara asosida yashagan besh talabaning murdasi topilgan edi. Ilk rasmiy ma’lumotlarda yigitlar “noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish” oqibatida vafot etgani ta’kidlangan, biroq gap aynan qaysi modda haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan edi.

"Daryo.uz"ning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan o‘tkazilgan. Xonadon egasi G.M., vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A., “Bunyodkor-dudbo‘ron xavfsizligi” kompaniyasining dudbo‘ronlar pechka ustasi Z.X. batafsil so‘roq qilingan.

“Shuningdek, 26-fevral kuni soat 22:00 dan 27-fevral kuni soat 9:00 oralig‘ida Injobod ko‘chasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida Hududgazpoytaxt’dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oralig‘ida bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari olindi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Ma’lum bo‘lishicha, beshala yigitning bari “is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon tomirlari yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15-martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан