Toshkentdagi Magic City’da ommaviy tartibsizlik yuz berdi

Toshkentdagi Magic City’da ommaviy tartibsizlik yuz berdi

Toshkent shahrida joylashgan Magic City’da shu yil 6 noyabrda ommaviy tartibsizlik sodir bo‘ldi.

Voqea joyidan olingan video tarmoqlarda tarqatildi. Video fuqarolar tomonidan olingan va huquq tartibot organlariga taqdim etilgan. Ta’kidlanishicha, voqea majmua qo‘riqchilari va shar sotuvchi yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu hodisada o‘qotar quroldan foydalanilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Buni voqeaga guvoh bo‘lganlar aytgan. Videoda ham aynan to‘pponcha ovozidan so‘ng janjal ishtirokchilari qochib ketganini ko‘rish mumkin.

Hozirgacha hodisaga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Voqea bo‘yicha surishtiruv boshlangan.