Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi mudhish YTHda 22 yoshli ona va uning 2 yoshli qizi vafot etdi
4.09.2020 18:04,  
1874

2020 yil 4 sentyabr kuni taxminan soat 11.00 da Shayxontohur tumani Shofayiz ko‘chasida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod Yu. ikki nafar piyodalarni urib yuborgan.

Natijada u boshqaruvni yo‘qotib, qarama qarshi harakat yo‘liga o‘tib 51 yoshli Ma’rufjon K. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobilga to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

«YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli N.M. (K.) va uning ikki yoshli qizi N.K.lar badan shikastlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumdilar. Marhumalarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazildi» - deyiladi IIBB xabarida.

YTH fakti asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан