Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi parad paytida yonib ketgan harbiy texnika yuzasidan ma’lumot berildi
14.01.2022 09:22,  
649

Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 22:20larda Xalqlar do‘stligi san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi parad paytida yonib ketgan harbiy texnika yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetmagan. 

“Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda”, – deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан