Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi Pokiston Milliy banki vakolatxonasining akkreditatsiyasi bekor qilindi
11.08.2020 17:00,  
247

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining 2020 yil 30 iyuldagi qaroriga muvofiq, Pokiston Respublikasi Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror Pokiston Milliy bankining (PMB) Xalqaro operatsiyalar biznes strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondagi bank operatsiyalarini, shu jumladan, Toshkent shahridagi vakolatxonasini yopish to‘g‘risidagi murojaatiga binoan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Respublikasi o‘rtasidagi bank hamda investitsiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. U o‘z faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан