Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi portlashda ishtirok etib, 23 yildan beri qidiruvda bo‘lgan terrorchi O‘zbekistonga olib kelindi
14.01.2022 12:00,  
542

1999 yilning 16 fevral sanasida sodir bo‘lgan qo‘poruvchilikda ishtirok etib, 23 yildan beri qidiruvda bo‘lgan 55 yoshli U.S. ushlandi va O‘zbekistonga olib kelindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatida tug‘ilgan U.S. terrorchilik harakati sodir bo‘lgan yili mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketgan. U shuningdek, “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.

U.S. 2001 yildan beri sohta pasport bilan MDH davlatrlaridan birida yashab kelgan. Huquq tartibot organlarining sa’yi harakati bilan u ushlangan va O‘zbekistonga olib kelingan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан