Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Prezident universiteti ochiladi va unda Oksford ta’limi joriy etiladi
16.01.2021 20:05,  
326

Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda Toshkentda Prezident universiteti ochilishi va unda Oksford ta’limi joriy etilishi haqida ma’lum qildi.

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», – dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi – ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidlagan prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан