Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi sport inshootlarining qurilishi bo‘yicha mas’ullar jiddiy ravishda ogohlantirildi
5.11.2018 22:11,  
15

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Toshkent shahridagi sport inshootlarining qurilish-ta’mirlash ishlari sifatini va o‘z muddatida bajarilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan joriy yilda poytaxtda 2 ta yopiq suzish havzasi, 2 ta sport majmuasining yangi qurilishi, 2 ta mavjud sport inshootlarining kapital ta’mirlanishi belgilangan edi.

Dilmurod Nabiyev tomonidan o‘rganish jarayonida Toshkent shahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlaridagi sport inshootlarining qurilishi, kapital ta’mirlanishi borasida olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmayotganligi aniqlandi.

Xususan, Mirobod tumani Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan Sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining sun’iy qoplamali stadionidagi ishlar o‘z nihoyasiga yetkazilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qarashli «Katta Qorasuv» mahallasi hududida joylashgan yopiq suzish havzasi va Uchtepa tumani «Ko‘hna Cho‘ponota» mahallasida joylashgan 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabining yopiq suzish havzalari joriy yil foydalanishga topshirilishi belgilangan. Ammo ayrim mas’ullarning o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli, qurilish ishlari orqada qolgan.

Vazir mas’ullarga ushbu holat va mavjud muammolarning yechimi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va qat’iy ogohlantirish berdi hamda kuniga navbati bilan 2 smenada ish tashkil etib, 2018 yil 25 dekabr sanasiga qadar ob’yektlarni topshirish vazifasini yukladi. Shuningdek, vazir quruvchilarga avvalo, sifatga e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

Dilmurod Nabiyev muassasa rahbarlariga zamonaviy marketing usullaridan unumli foydalangan holda davlat-xususiy sherikchiligi ko‘rinishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, olingan daromad hisobidan basseynlar ish faoliyatini samarali tashkil etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va fidoyi murabbiylarni taqdirlash lozimligini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан