Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 2358 ta koyka zaxirasi shakllantirildi
18.07.2020 19:20,  
168

Avval ma’lum qilinganidek, Bugun AOKA huzuridagi shtabda Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda hokimlik tomonidan pandemiya sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari xatlovdan o‘tkazildi va 2358 ta koyka zaxirasi shakllantirildi. Shundan:

  1. Bektemir tumanida — 6-son shahar klinik shifoxonasida 110 ta koyka;
  2. Mirzo Ulug‘bek tumanida — Respublika nogironlar reabilitatsiya markazida 130 ta koyka;
  3. Mirobod tumani — 3-son shahar klinik shifoxonasida 100 ta koyka; 1-Respublika klinik shifoxonasida 100 ta koyka;
  4. Olmazor tumani — 2-Tibbiyot akademiyasi (ToshMI-2)da 412 ta koyka;
  5. Uchtepa tumani — Jahon tillari universiteti yotoqxonasida 350 ta koyka;
  6. Chilonzor tumani — Toshkent viloyati Markaziy shifoxonasida 120 ta koyka;
  7. Yunusobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 300 ta koyka hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 400 ta koyka;
  8. Yashnobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 156 ta koyka, 4-son shahar klinik shifoxonasi (TaPoiCh)da 30 ta koyka, 2- yuqumli kasalliklar shifoxonasida 50 ta koyka va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya tibbiyot markazi 100 ta koyka.

Toshkentdagi yana 10 ta xususiy klinika koronavirus kasalligini davolash bo‘yicha amaliy yordam berishiga tayyor ekanini bildirdi.

Ushbu klinikalarda ayni paytda 276 ta koyka tayyor holga keltirilgan. 11 ta klinikada MSKT apparatlari o‘rnatilgan. 7 tasida PZR test o‘tkazish uchun laboratoriyalar bilan jihozlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан