Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi “TTZ”ning o‘rnida sayilgoh quriladi
20.11.2021 15:34,  
88

Toshkent shahrida joylashgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari Chirchiq shahrida tashkil qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteriga ko‘chiriladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori imzolandi, deb yozadi xabardor.uz.
Unga ko‘ra, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Texnolog-Stan” MChJ, “Agrosanoatmashinvest” MChJlar ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismi Chirchiq shahridagi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududiga ko‘chiriladi va qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri tashkil etiladi.

Shuningdek, yuqorida nomlari sanalgan korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushlarini nominal qiymatda o‘tkazish hisobiga “Toshkent traktor zavodi” MChJ tashkil qilinadi va uch oy muddatda mazkur korxonalar “TTZ” MChJga qo‘shib yuboriladi.

Korxonalarga tegishli bo‘shayotgan yer maydonlari Davaktiv agentligi tomonidan onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmoqda. Bunda Agentlik va Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” (ilgarigi “TTZ”) AJning bo‘shayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish ,jumladan uning bir qismida aholi sayil qilishiga mo‘ljallangan yashil jamoat parkini yaratish bo‘yicha hukumatga taklif kirgizadilar.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, “TTZ” MChJdagi davlat ulushi “O‘zavtosanoat” AJga ikki yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан