Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi.Ular chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan
27.02.2021 11:52,  
187

Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi — ular chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagani aniqlandi.

Davlat xizmatlari agentligi yanvar oyida Toshkent shahridagi tug‘ruqxonalar tomonidan tibbiy ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritish va FHDYo bo‘limlariga yuborish holatini o‘rgandi.

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, buning natijasida tug‘ilganlik haqidagi 703 ta hamda perinatal o‘lim bo‘yicha 3 ta ma’lumotnoma tizimga kiritilmagani aniqlangan. Qolaversa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumot belgilangan muddatdan kechikib kiritilgan.

«Buning oqibatida, aniqlangan holatlar yuzasidan 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi», — deyiladi xabarda.

Hukumat qaroriga binoan mas’ullar bola tug‘ilgandan so‘ng 1 kun ichida bola va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga yuborishi va QR-kod qo‘yilgan blankda ma’lumotnoma shakllantirilishi lozim bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан