Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
15.03.2021 11:21,  
172

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi umumiy ovqatlanish shohobchalaridan birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hodisa 14 mart kuni soat 20:32 da Shayxontohur tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 29-uyda joylashgan «Evos» umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘indan shoxobchaning 10 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi soat 20:32 da yetib borib, 20:46 da to‘liq bartaraf etgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан