Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi Versal restorani sotuvga qo‘yildi
15.05.2020 09:53,  
965

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi Toshkentdagi Versal restoranini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Binoning boshlang‘ich narxi 34 mlrd. so‘m. Omonat summasi (5%) - 1,7 mlrd. so‘m.

Yer maydoni 0,3 gektar, binolarning maydoni 6,5 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Gaz, suv va elektr ta’minoti mavjud. Kuygan g‘ishtdan qurilgan. Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 8A uyda joylashgan.

Arizalar 13 iyungacha qabul qilinadi, savdo 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

2018 yilda Versal Tashkent City qurilishi munosabati bilan buzilgan Ezidiyor restoranining egasi Grant Duet kompaniyasiga berilishi mumkin bo‘lgan restoranlardan biri sifatida ko‘rilgan edi. Yakunda kompaniya Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat restoranini olgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан