Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi Yangihayot tumani maydoni 6 tuman hududi hisobiga kengaytiriladi​
5.08.2020 15:54,  
934

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida oxirgi 3 yilda 460 ta ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshdi. Bular boshqaruvni takomillashtirishni, aholiga qulayliklar yaratishni taqozo etadi.

Davlat rahbari joriy yil 29 may kuni Toshkent shahrida Yangi hayot tumanini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi. Shunga muvofiq, ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangi hayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi.

Yangi hayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlari chegarasining o‘zgarishi to‘g‘risida ham taqdimot qilindi. Shuningdek, Yangi hayot tumanida loyihalashtirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tumanning ma’muriy markazini tashkil etishga oid takliflar ko‘rib chiqildi.

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, Toshkent shahrining Bosh rejasini qayta ko‘rib chiqish, shaharga qo‘shimcha berilayotgan yer maydonlariga uylar, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini oqilona joylashtirish, eng asosiysi, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddi rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa muddatda tayyorlab, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан