Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi

Foto: yhxbb.uz

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 19 avgust kuni soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida yuz bergan.

Foto: yhxbb.uz 

 

Mast holda "Lacetti" avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi Sh.A. (2002 y.t) harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratuvchi bo‘lagida yoritish chiroqlari o‘rnatilgan temir simyog‘ochga urilgan.

Natijada, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 19 yoshli I.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi 18 yoshli Sh.A. va yo‘lovchisi 19 yoshli Q.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: yhxbb.uz 

 

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.