Toshkentdagi YTHda mototsiklchi halok bo‘ldi

Toshkentdagi YTHda mototsiklchi halok bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

26 iyun, juma kuni Toshkentda Yamaha YZFR6 rusumli mototsikl va 46 yoshli X.U. boshqargan “Shacman” yuk avtomobili to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea soat 05.10 da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘ldi.

Hozirda yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Taxminiy sabab: yuk avtomobili haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan va burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan mototsiklni payqamay qolgan.

To‘qnashuv natijasida mototsikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.