Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan Afg‘onistonga tezyurar yuk poyezdi qatnovi boshlandi
27.04.2020 17:30,  
356

Mahalliy eksport qiluvchilar uchun yana bir qulaylik, “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ Afg‘onistonning Hayraton stansiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo‘nalish bo‘ylab, hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonlar mazkur poyezdga biriktiriladi.

“Avvallari Toshkentdan Afg‘onistonga jo‘natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, endilikda yuklar Toshkentdan Hayraton stansiyasiga 2 kun ichida tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib berilmoqda. Mazkur poyezd haftasiga 3 marotaba qatnaydi. “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ barcha turdagi yuklarni turli xil vagonlarda tashish xizmatini taqdim etadi.

To‘lovlar tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan har qanday to‘lov usulida amalga oshiriladi, deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Yuklarni tashish bo‘yicha savol bilan +998 (90) 938-40-00 raqami orqali Telegram-messendjeri chatiga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан