Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining sohillari toraytiriladi va bo‘shagan yerlar sotiladi
29.06.2020 18:35,  
409

Prezidentning «Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Unga ko‘ra, quyidagilar:

2020-2021 yillarda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanidagi kichik sanoat zonalarini maqsadli parametrlari;

2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’yektlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.

Ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalari majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilishi belgilanadi.

Toshkent shahar hokimligi:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda 2020-2030 yillarga Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2030 yillarda Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 15 yillik muddatga 200 million dollargacha qiymatda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida Toshkent shahar hokimligiga kredit mablag‘larini taqdim etish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari jalb etiladi.

Toshkent shahar hokimligining:

Toshkent shahrining Bektemir va Sirg‘ali tumanlarining hududlaridan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65-80 metrgacha toraytirish va toraytirish natijasida hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarini elektron auksion orqali sotish haqidagi takliflari ma’qullanadi.

Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligiga mazkur loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 2023 yilgacha muddatga 1 trln.so‘m foizsiz ssuda ajratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан