Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan Orol dengizigacha 4600 kilometrlik avtomarafon o‘tkaziladi
25.08.2020 21:18,  
210

2020 yilning 18 sentyabr kuni nihoyatda qiziqarli sarguzasht – “Toshkent - Termiz - Orol" avtomarafoni boshlanadi, u butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilib, 28 sentyabr kuni yakuniga yetadi.

Avtokarvon marshruti janubi-sharqda - Termiz va Amudaryodan,  shimoli-g‘arbda Orol dengizigacha boradi. Avtomarafon poytaxt Toshkent shahrida boshlanib, Zomin, Samarqand, Shahrisabz, Boysun, Denov, Termiz, Buxoro, Xiva, Nukus, Mo‘ynoq shaharlaridan o‘tadi va Orol dengizi bo‘yida tugallanadi.

Qiziqarli avtomarafon ishtirokchilari yo‘lda Zominning shifobaxsh archa o‘rmonlari, qoyadan qirq kokil singari otilib chiqayotgan Sangardak sharsharasi, tog‘ dovonlari va serpantinlari, Boysun daralari, Xo‘ja Gur-Gur ota massivining ulug‘vor devorlari, ming yillik Sayrob chinori, betakror Jarqo‘rg‘on minorasi, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro va Xivadagi YuNESKO Jahon madaniy merosi javohirlari, Nukusdagi noyob Savitskiy muzeyi, “Borsa kelmas” ulkan qorday oq sho‘rxog‘i, Qizilqum qumlari, Xorazm va Qoraqalpog‘istonning qadimiy qal’alari, Mo‘ynoqdagi kema mozori va boshqalarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ular Sudoche ko‘li bo‘yidagi qushlarni tomosha qilishadi, qadimiy ko‘chmanchilar kabi haqiqiy o‘tovda yashashadi, Orol dengizida sehrli quyosh botishidan zavqlanishadi, O‘zbekistonning turli mintaqalari folklorlari bilan tanishishadi.

Butun sayohat kvest shaklida amalga oshiriladi va ishtirokchilar bir nuqtadan boshqasiga o‘tib zerikishlariga aslo imkon bo‘lmaydi. Ushbu 4600 kilometrlik haqiqiy epik avtomarafonda sayyohlar va sarguzashtsevarlar, tarix va madaniyat ixlosmandlari ishtirok etishi mumkin.

O‘z transport vositalariga ega bo‘lmagan kishilar avtomobilni haydovchisi bilan yoki haydovchisiz ijaraga olishi mumkin. Bundan tashqari, siz yo‘lning istalgan joyida marafonga qo‘shilishingiz mumkin.

Avtomarafon “Advantour” va “Asia Adventures” sayyohlik kompaniyalari tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkaziladi.

Loyiha haqida batafsil ma’lumotni https://www.eurasiaexpeditions.com veb-saytidan olishingiz mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан