Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan «Tashmore»gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
13.10.2021 13:40,  
75

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov 11 oktyabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining «Toshkent viloyatida jamoat transporti (bus rapid transit — BRT) harakatini xalqaro tajribalarni keng qo‘llagan holda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga imzo chekdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan Toshkent (Bektemir tumani)–Nurafshon–Toshkent dengizi (Tuyabo‘g‘iz suv ombori) yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Qarorda aytilishicha, loyihaning konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan. Texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetidan 6,9 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bu qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan ko‘rsatmalarga, shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning mart va iyun oylarida bergan ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilingan.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, Architects Engineers Planners Advisors mas’uliyati cheklangan jamiyati aprel oyida Toshkentda 3 million so‘mlik ustav kapitali bilan tashkil etilgan. Asosiy faoliyat turi – qurilish loyihalarini ishlab chiqish.

MChJ ta’sischilari – Turkiya fuqarosi Erisen Savash, Goktug Chihan Mazlum va Shimsek Orxun, ularning har biri kompaniyaning uchdan bir qismiga egalik qiladi.

Agar loyiha ishga tushsa, bu O‘zbekistondagi birinchi BRT liniyasi bo‘ladi. 2021 yilning noyabr oyida Prezidentga Toshkentda yettita BRT liniyasini ishga tushirish rejalari taqdim etilgan, ularning to‘rttasi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida, ya’ni 2021 yil sentyabrigacha ochilishi kerak edi. Mazkur rejalarning qaysi bosqichda ekani noma’lum.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан