Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdan uyga qaytish narxi qancha (viloyatlar kesimida)?
16.03.2020 16:22,  
3392

Bugun, 16 martdan koronavirus sababli O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopildi.

Toshkentda o‘qiyotgan viloyatlik talabalar uylari tomon shoshilmoqda. Sof.uz muxbiri Toshkent avtovokzali va boshqa avtoturargohlardagi taksilar, avtobuslar va boshqa transport vositalari narxi bilan tanishdi.

Viloyatlar kesimida uyga qaytish narxi qancha?

Samarqand viloyati. Taksilar narxi 100 ming so‘mdan boshlanadi va tumanlarga hamda mashinaning rusumiga qarab bu narx oshib boraveradi. Kattaqo‘rg‘on tumanigacha “Nexia”da 120-140 ming atrofida keta olasiz. Toshkent avtovokzalidan qatnovchi avtobuslar 35 ming so‘mdan narx taklif qilyapti. Kuniga 3 martadan reys qo‘yilgan. Poyezd chiptalari 29 ming so‘mdan boshlanadi (Andijon – Termiz yo‘nalishida umumiy vagon). Kupe narxlari 92 ming so‘mdan. Lyuks vagonlari esa 174 ming so‘m. Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Samarqand taksilari 45 – 50 ming so‘mdan qatnaydi. 

Navoiy viloyati. Taksilari 170 – 220 ming atrofida. Avtobuslar esa 50 ming so‘mdan. Navoiy shahriga poyezd kupe 113 500 so‘m (Chegirmasiz narxda). Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Navoiy taksilari 70 – 80 ming so‘mdan qatnaydi.

Buxoro viloyati. Buxoro taksichilari o‘z xizmatlarini 220 ming so‘mdan boshlab taklif qilishyapti. Narxlar tumanlar va avtomashina rusumi, qulayliklariga qarab 250 ming so‘mgacha boradi. Avtobuslar narxi Buxoro shahrigacha 66 ming so‘m. 16-17 mart kunlari Buxoroga poyezdda borishning iloji yo‘q (chiptalar qolmagan). 18 martda esa platskard vagonda 86 ming so‘mdan ketishingiz mumkin (chegirmasiz narxda). Lyuks vagonlar esa 243 550 so‘mdan. Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Buxoro taksilari 80 – 90 ming so‘mdan qatnaydi.

Xorazm viloyati. Taksilar narxi 350 ming so‘mdan boshlanadi. Toshkent avtovokzalidan jo‘naydigan Toshkent – Xiva yo‘nalishidagi avtobuslar narxlari 115 ming so‘m. Agar qo‘shimcha reyslar qo‘yilmasa, 19 martga qadar Xorazmga deyarli poyezd yo‘q. Deyarli deyishimiz sababi, hozircha Toshkent – Xiva yo‘nalishida 128 ming so‘mlik platskard vagonda bitta joy bor. Aviachiptalar talabalar uchun chegirma bilan 350 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Xorazm taksilari 130 – 150 ming so‘mdan qatnaydi.

Qashqadaryo viloyati. Qashqadaryo taksilari narxi ham “ancha qimmatlashgan” — tumanlarga qarab 140 – 200 ming so‘mgacha. Masalan, Muborak tumaniga qatnovchi taksilar o‘z xizmatlarini 200 ming so‘mdan boshlab taklif qilishmoqda. Toshkent avtovokzalidan Qarshi shahri, Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlariga avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent – Qarshi avtobusining narxi 54 ming so‘m. Poyezd chiptalari 124 ming so‘mdan. Shahrisabzga qadar boradigan poyezd narxi 103 ming so‘mdan (Ikkalasi ham chegirmasiz). Aviachiptalar narxini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Qashqadaryo taksilari 60 – 80 ming so‘mdan qatnaydi.

Surxondaryo viloyati. Taksilar narxi 250 ming so‘mdan boshlanadi. Uzun, Sariosiyo kabi tumanlarga esa 300 minggacha boradi. Avtobuslar Termiz, Denov shaharlarigacha yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent – Termiz avtobusining narxi 78 ming so‘m. Poyezd narxlari esa 57 470 so‘mdan (umumiy vagon), 110 290 so‘mdan (platskard). Bayram va shu kabi tabdirlardan boshqa kunlarda Qashqadaryo taksilari 100 – 120 ming so‘mdan qatnaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Xalqimizning boshiga tushgan sinovdan foydalanib, narxni sun’iy oshirib oladigan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar uchrasa, ular hatto jinoiy javobgarlikka qadar tortiladi”, — deb aytgan edi bosh vazir Abdulla Aripov.

Mavzuga doir: Transport vazirligi Qo‘yliqdagi vodiyga qatnovchi haydovchilar bilan uchrashdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан