Toshkentda:"Qo‘g‘irchoq operatsiyasi" sodir bo‘ldi

Toshkentda:

Toshkent shahri. 2020 yilning 29 oktyabr kuni soat 14:30 larda lo‘li millatiga mansub bo‘lgan ayol, o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga kirib, ushbu xonadonda yashovchi Nasiba A., ni aldab uyiga duo o‘qilganligi aytib, qo‘llarida bo‘lgan ikki dona ayol va erkak qo‘g‘irchoqlarini hamda o‘zi bilan olib kelgan arab tili yozuvlik qog‘ozlarni xonadon hovlisiga tashlab qo‘yib, xonadon egasi bo‘lmish Nasiba A.,ga uyini “tozalab” berishni aytib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan 12.500.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ko‘rsatilgan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan"- deya ma’lum qilmoqda "Aniq.uz"

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli Gulchehra M., sodir etganligi aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan