Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentga 12 million dollarlik zamonaviy reanimobillar olib kelinadi
8.11.2019 15:56,  
180

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

— Tez tibbiy yordam xizmatining tezkor va samarali bo‘lishi, zamonaviy avtomobillarning soni va ulardagi shart-sharoitlarga ham har jihatdan bog‘liq, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori o‘rinbosari Ilhom Aslonov. — Shu bois 11,9 million AQSh dollari qiymatidagi “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi doirasida Xitoyning “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 ta “FORD” rusumli tez tibbiy yordam reanimobillari yurtimizga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan edi. Hozirda ularning dastlabki 9 tasi yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar 141 ta ana shunday tez tibbiy yordam avtomobillari olib kelinishi rejalashtirilgan.

E’tiborli jihati, ushbu tez tibbiy yordam avtomobillarining salon qismiga zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, bu masofadan (call-markazdan) shifokor tomonidan ahvoli og‘ir bemorlar uchun kerakli maslahat va tegishli ko‘rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, “Huawei” kompaniyasi bilan 155 million AQSh dollari qiymatidagi “Respublikaning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan kerakli mablag‘larni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Loyiha doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati call-markazlarini zamonaviy AKT bilan jihozlash va mavjud tez tibbiy yordam transporti avtoparkini yangilash rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, zamonaviy sall markazlari ishga tushirilishi bilan ham qator muammolar bartaraf etiladi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining Call-markazida joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilib, hozirda mazkur tizimdan foydalanadigan xodimlarni o‘qitish ishlari boshlanmoqda. Joriy yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrida ushbu tizim to‘liq ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, keyingi bosqichda onlayn, ya’ni mobil ilovalar ishlab chiqilmoqda.

Ya’ni bemorning o‘zi bevosita planshet yoki telefon orqali murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu vazifalar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu kabi qulayliklar tufayli har bir chaqiriqni qayta ishlash uchun bir daqiqadan kam vaqt sarflanadi. Natijada tezkorlikka erishiladi. Aholiga malakali va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati ortadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан